Italiyadan fojiali xabar - 58 yoshida Igor Protti hayotdan ko'z yumdi. Avvalroq biz shuni xabar bergandikki, uning sog'lig'ida jiddiy muammolar paydo bo'lgan. Afsuski, shifokorlarning uni qayta oyoqqa turg'izish bo'yicha barcha urinishlari muvaffaqiyat qozonmadi.
1995/1996 yilgi mavsumda Protti «Bari» jamoasida o'ynab, italiyaning chempionatida 24 gol urib, Djuzeppe Sin'yori bilan birga eng ko'p gol urgan o'yinchi bo'ldi.
Shuningdek, Igor Protti Seriya B va Seriya C ning eng yaxshi bombardiri bo'lgan - u bunday muvaffaqiyatga erishgan faqat ikkita o'yinchidan biridir. Ikkinchisi - Dario Ubner, 2002 yilda «Perudja» jamoasida o'ynab, Seriya A ning eng yaxshi bombardiri bo'lgan.




