Milanlik “Inter” jamoasining yarim himoyachisi Genrix Mxitaryan o‘zining kelajagi haqida fikr bildirdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

36 yoshli futbolchining “Neradzurri” bilan shartnomasi 2026 yil iyun oyining oxirida yakunlanadi. Armanistonlik yarim himoyachi hozircha faoliyatini davom ettirish yoki to‘xtatish haqida qaror qabul qilmaganini ma’lum qildi.

U Sky Sport Italia bilan suhbatda ishiga butun qalbi va kuchini bag‘ishlayotganini, o‘z faoliyatidan faxrlanishini ta’kidladi. Mxitaryan ayni paytda jismoniy holatini yaxshilashga harakat qilmoqda.

U mavsum oxiriga yaqin faoliyatini davom ettirish yoki to‘xtatish masalasida qaror qabul qilishini aytdi. Genrix Mxitaryan 2022 yildan beri “Inter” sharafini himoya qilib kelmoqda va joriy mavsumda Milan jamoasining oltita o‘yinida maydonga tushdi.