«Milan» rahbariyati yanvar oyidagi transfer oynasida jamoani kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira ijtimoiy tarmoqlar orqali ma'lum qildi.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, «rossoneri» uchta futbolchini sotib olishni rejalashtirmoqda: markaziy himoyachi, o'ng qanot himoyachisi va hujumchi.
Italiya chempionatining 11-turidan so'ng, milan jamoasi 24 ochko to'plab, turnir jadvalida to'rtinchi o'rinni egallamoqda. Klub, yetakchi rimlik «Lacio»dan besh ochko ortda qolmoqda.
«Milan»ning keyingi o'yini Seriyada «Frozinoone»ga qarshi 22-noyabrda o'z uyida bo'lib o'tadi.
