Italiya chempionatida yana bir bosh murabbiy ishdan bo'shadi. Bu safar Alberto Akvilani «Sassuolo»ni 2026 yil iyundan buyon boshqarib kelayotgan edi. Bu haqda «neroverdi» rasmiy saytida ma'lum qilindi.

Mutaxassis chempionatda ketma-ket beshinchi mag'lubiyatidan so'ng ishdan olindi. Hozirda «Sassuolo» 11 turdan so'ng 8 ochko bilan Seriya A turnir jadvalida 17-o'rinda turibdi.

«Klub murabbiy va uning jamoasiga professionalizmi va sadoqatlari uchun rahmat aytadi, shuningdek, ularga kelajakda omad tilaydi», - deyiladi klub bayonotida.

12-turda italiyaning chempionatida «Sassuolo» o'z maydonida «Djenoa» bilan uchrashadi.