Turinlik Yuventus «Fiorentina» bilan o‘ynadi, o‘yin 2:2 hisobida tugadi. O‘yindan so‘ng «Yuventus» murabbiyi Luciano Spalletti o‘tgan uchrashuv haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

«Ba’zan bizni eng oddiy o‘yin vaziyatlari ham chalg‘itadi, bu esa o‘z kuchimizga bo‘lgan ishonchimizni yo‘qotishimizga olib keladi. Biz o‘yinning boshida gol o‘tkazib yubordik — qisman mudofaa chizig‘imizni vaqtida o‘zgartira olmaganimiz sababli — lekin shundan so‘ng to‘g‘ri javob bera oldik. Muammo shundaki, bizga barqarorlik yetishmayapti — jamoaviy harakatlarda ham, individual o‘yinda ham. Biz o‘n daqiqa davomida ishonchli o‘ynashimiz mumkin, keyingi daqiqada esa xato qilamiz», - deya Spallettining so‘zlarini keltiradi fiorentinanews.com.

Turinliklar italiyan chempionatida yettinchi o‘rinda turibdi.