«Napoli»ning kapitani Djovani di Lorenzo 11-tur Seriya A doirasida «Latsio»ga qarshi o'yinda ishtirok eta olmaydi. Tibbiy tekshiruv 33 yoshli himoyachida chap sonning uzun olib keluvchi mushagida jarohat borligini aniqladi.

TuttoMercatoWeb xabariga ko'ra, futbolchi allaqachon tiklanish jarayoniga kirishgan. Uning maydonga qaytish muddati hozircha aniqlanmagan.

Di Lorenzo «Napoli»ning jarohatlanganlar ro'yxatini to'ldirdi, unda Stanislav Lobotka, Alessandro Buondjorno, Benoit Badiashile, Leonardo Spinazzola, David Neres, Kostantino Favasuli va Alisson Santosh ham bor.

Shu bilan birga, Mattias Oliviera to'liq mashg'ulotlarga qaytdi va yaqinlashayotgan uchrashuvda ishtirok etishi mumkin.

«Napoli» 8-noyabr, yakshanba kuni «Latsio»ni qabul qiladi.