«Milan» nemis kompaniyasi Adidas bilan o'yin formasini ishlab chiqarish bo'yicha kelishuvga erishdi. La Gazzetta dello Sport ma'lumotlariga ko'ra, shartnoma 2028 yildan 2038 yilgacha amal qiladi va umumiy to'lovlar miqdori 500 million yevroni (har bir mavsumda 50 million yevro) tashkil etadi.
Shunday qilib, Adidas 2028-29 mavsumidan boshlab «Milan»ning texnik homiysi sifatida Puma o'rnini egallaydi. Yangi kelishuv avvalgi Puma bilan tuzilgan shartnomadan ancha foydaliroq. Dastlab, shartnoma mavsumiga 14 million yevro deb baholangan bo'lsa, 2022 yildan esa bu summa 30 millionga ko'tarildi.
Manbaning ta'kidlashicha, Adidas bilan tuzilgan shartnoma Seriya Adagi eng katta texnik homiylik shartnomasi bo'ladi. O'tgan yili «Yuventus» nemis kompaniyasi bilan 10 yilga 408 million yevro qiymatidagi shartnoma imzoladi. 2023 yilda «Inter»ning Nike bilan tuzilgan shartnomasi esa 8 yil davomida har mavsumda 30 million yevro to'lovlarni nazarda tutadi.
Adidas avval ham «Milan» bilan hamkorlik qilgan: nemis kompaniyasi klub formasini 1990-yillarning boshlarida, shuningdek, 2000-yillarning boshlarida Karlo Anchelotti ish faoliyati davrida ishlab chiqargan.
