Milanning «Inter» klubi himoyachi Federiko Dimaqoning mehnat shartnomasini 2028 yilning iyunigacha uzaytirish imkoniyatini faollashtirdi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlar orqali insayder Fabrizio Romano ma'lum qildi.

Endi «neradzurri» futbolchi bilan yangi uzoq muddatli shartnoma bo'yicha muzokaralar o'tkazmoqchi. Tomonlar o'rtasida uchrashuvlar rejalashtirilgan.

Dimaqo milanlik top-klubda 2018 yil iyulidan beri o'ynaydi. Uning transfer qiymati 50 million evroga baholanmoqda.

Hozirgi mavsumda Italiya chempionatida 28 yoshli himoyachi o'nta o'yin o'tkazdi va birta golli uzatma berdi.