32 yoshli milanlik «Inter» yarimhimoyachisi Hakan Chalhanoglu kelasi mavsumda klubda qolishi mumkin.
Jurnalist Pasquale Guarro xabar berishicha, so'nggi ikki hafta davomida «Inter» vakillari turk futbolchisi atrofidagi odamlar bilan shartnomani uzaytirish borasida aloqa o'rnatishgan. Har ikki tomon ham hamkorlikni davom ettirishni xohlayotganini aniq bildirishdi.
Chalhanoglu 2021 yildan buyon «Inter»da o'ynaydi. Joriy mavsumda yarimhimoyachi barcha musobaqalarda 11 uchrashuvda qatnashib, 3 ta gol urdi.
Hozirgi shartnoma Chalhanogluning «Inter» bilan kelasi yozda tugaydi.
