«Milan» himoyachisi Koni de Vinter 31 oktabrda bo'lib o'tgan milan derbisida «Inter» ustidan (3:1) qozonilgan g'alabani sharhladi. Ushbu uchrashuv Seriya Aning o'ninchi turida o'tkazildi.
«Biz jamoa sifatida o'ynadik. Ushbu o'yinda g'alaba qozonishimizdan juda xursandman. Biz g'alaba qozonishimiz mumkinligini bilardik va buni amalga oshirdik. Barchamiz o'yinga diqqatimizni qaratganda, juda yaxshi natijalar ko'rsatishimiz mumkin», - dedi himoyachi TeleLombardia intervyusida.
De Vinter shuningdek, o'yindan keyin ko'zida yosh bilan paydo bo'lgan «Milan» egasi Jerri Kardinalening futbolchilarga g'oliblar deb atagan reaksiyasini ham izoh berdi.
«Bu juda yoqimli. Bunday o'yinlarning qanchalik muhimligini his qilasiz. Tribunadan kelayotgan hissiyotlar maydonda ham seziladi», - dedi u.
«Inter» «Milan»ga qarshi 8 ta o'yinda g'alaba qozona olmayapti. Jamoa 25 ochko bilan birinchi o'rinda, «Milan» esa 21 ochko bilan to'rtinchi o'rinda turibdi.
