Italiya Seriya Ada payshanba kuni to'qqizinchi turning so'nggi o'yinlari o'tkazildi, «Frozinone» «Lechche»ni 5:1 hisobida mag'lub etdi. Biroq, klubning muvaffaqiyatlariga qaramay, mezbonlar murabbiyi Massimiliano Alvini jamoani kamtar bo'lishga va sokinlikka chaqirmoqda.

«Biz turnir jadvalini kuzatamiz, lekin bizning maqsadimiz — ligada qolish. 17 ochko bilan saqlanib qolish mumkin emas; biz o'z kuchlarimizga tayangan holda ochko to'plashimiz kerak. Vazifa aniq», - deya mutaxassisning so'zlarini keltiradi fiorentinanews.com.

Hozirda «Frozinone» Italiya chempionatining Seriya A jadvalida oltinchi o'rinda bormoqda.