Yangi stadion «Inter» va «Milan» uchun, hozirgi «San-Siro» joyida quriladi va «Jenerali» (Generali Stadium) deb nomlanadi. Bu haqda klublar birgalikda o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma'lum qildilar.
Yangi arenaning nomi uchun huquqlar Generali sug‘urta guruhi tomonidan sotib olingan. Ushbu kompaniyaning nomi stadionning tashqi tomonida ham joylashtiriladi.
Loyihaning tavsifiga ko‘ra, stadion qozon shaklida bo‘lib, qiyshiq tribunalar bilan jihozlanadi, bu esa har qanday joydan yaxshi ko‘rish imkonini beradi. Yangi arenaning sig‘imi 71 500 tomoshabinni qabul qila oladi.
«Inter» va «Milan» 2027 yilda qurilish ishlarini boshlashni va to‘liq tugatishni 4 yil ichida rejalashtirmoqda. Stadion 2032 yilgi Evropa chempionatining maydonlaridan biri bo‘lishi kutilmoqda, bu chempionatni Italiya va &a href="/team/Turciya">Turkiya birgalikda o‘tkazadi.
