«Milan» hujumchisi Gonsalo Ramush «PSJ»dan ketishi haqida fikr bildirdi. Portugaliyalik futbolchi yozda klub o'zgartirdi.

«Yanvarda ketish har doim qiyin. Bu eng yaxshi variant emas edi, garchi men aynan yanvarda ketishni xohlagan bo'lsam. Hozir buni yaxshiroq tushunaman. «PSJ» darhol rad javobini berdi – ular menga o'rinbosar qidirishlari kerak edi. Keyin Luis Kampush menga yozda ketishimga ruxsat berishini aytdi. «PSJ»ni tark etish qiyin edi, chunki jamoa juda ajoyib edi. U yerda men bilan birga vaqt o'tkazgan uchta portugaliyalik bor edi. Ular men ketishni xohlayotganimni bilishardi va hazil qilib, qolishni taklif qilishardi – hech bo'lmasa muhit uchun. Biz birga haqiqatan ham ko'plab ajoyib lahzalarni boshdan kechirdik», - dedi Ramush Canal 11 ga.

«Milan» uchun Gonsalo Ramush o'nta o'yinda uchta gol urdi.