«Fiorentina» himoyachisi Marin Pongracic jarohat olganidan so'ng tekshiruvdan o‘tdi. Bu jarohat Italiya chempionati doirasida «Inter»ga qarshi o‘tkazilgan o‘yin davomida yuzaga kelgan. 8-tur uchrashuvi Milanning 2:1 hisobida g‘alaba qozonishi bilan yakunlandi.
Klub tomonidan e’lon qilingan bayonotga ko‘ra, o‘tkazilgan tekshiruvlar o‘ng sonning ikki boshli mushagida muammo borligini ko‘rsatdi. O‘yinchi allaqachon belgilangan davolanish va reabilitatsiya jarayoniga kirishdi. Yaqin kunlarda uning holati yana baholanadi, tiklanish muddati hozircha aniqlanmagan.
Joriy mavsumda 29 yoshli xorvat futbolchisi 7 o‘yinda ishtirok etdi va bir marta gol urdi.
