«Yuventus» bosh murabbiyi Luciano Spalletti yarim himoyachi Douglas Luisning «Lechche»ga qarshi o'yindagi chiqishini sharhladi. O'ninchi turdagi Seriya A uchrashuvi 2:0 hisobida yakunlandi.

Braziliyalik futbolchi 29-daqiqada golli pas berib, 41-daqiqada Turin jamoasining ikkinchi golini urdi. 

«Bugun u ajoyib o'yin o'tkazdi. U kurashdi, ko'p yugurdi, maydonning turli joylarida raqobatlasha oldi va zarur bo'lganda vaziyatni tuzatishga yordam berdi», - deya ma'lum qildi Spalletti Sky Sport Italia bilan intervyusida.

Bu gol Luis uchun «Yuventus» safida «Aston Villa»dan 2024-yil yozida o'tgandan keyin birinchi bo'ldi.