«Roma» himoyachisi Djanluka Manchini «Napoli»ga qarshi o'yinda ikki golga ortda qolgan holda erishilgan durang haqida gapirdi.

«Biz taslim bo'lmadik va qo'llarimizni pastga tushirmadik. Biz ishonishda davom etdik. Zaxiradagi o'yinchilar ham ishonishdi — zaxira o'yinchilarning roli juda muhim. Ba'zan energiya darajasi pasayishi mumkin, lekin umuman olganda biz juda mamnunmiz. O'tgan yilga nisbatan kuchliroq bo'ldikmi? Ha. Leo Balerdi o'zining liderlik xususiyatlarini olib keldi. Yangi o'yinchilar jamoamizni kuchaytirdi. Eng muhimi — bu «Roma»; biz natijaga erishish uchun shu futbolka uchun barcha kuchimizni sarflaymiz», - deb Manchinining so'zlarini keltiradi calcionapoli1926.it.

«Roma» Seriya A turnir jadvalida uchinchi o'rinda qolmoqda.