Dushan Vlahovichning «Yuve» bilan shartnomasini uzaytirish bo'yicha moliyaviy tafsilotlar ma'lum bo'ldi.
Sport jurnalisti Djovanni Albanese xabar berishicha, Turin klubi serbiyalik futbolchiga yiliga 12 million evro maosh va bonuslar taklif etishga tayyor. Biroq, Vlahovich yana ko'proq daromad olishni xohlaydi, deb ta'kidlanmoqda.
O'tgan mavsumda 26 yoshli Vlahovich barcha musobaqalarda 23 uchrashuvda qatnashib, 10 ta gol urdi va 2 ta assist berdi.
Forvardning «Yuve» bilan shartnomasi iyun oyining oxirida tugaydi. Transfermarkt mutaxassislari serbiyalik futbolchini 35 million evroga baholamoqda.




