Madriddagi «Real» yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga milanlik «Inter»ning qiziqish doirasiga tushdi.

«Nerazzurri» vakillari fransuz futbolchisi haqida so'rov yuborganini  Corriere dello Sport xabar bermoqda. Biroq, transfer juda kam ehtimolga ega, chunki o'z navbatida, o'yinchi «qirollik» klubida qolishni rejalashtirmoqda va hech qanday takliflarni ko'rib chiqmoqchi emas.

Eduardo Kamavinganing narxi Transfermarkt portalida 50 million evro deb baholangan. O'tgan mavsumda 23 yoshli futbolchi «Sliwchiklar» safida barcha musobaqalarda 43 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. O'yinchining amaldagi shartnomasi 2029 yilda tugaydi.