«Pari Sen-Jermen» hujumchisi Gonsalu Ramos Italiya Seriyasida karerasini davom ettirish imkoniyatiga ega.

Portugaliyalik poytaxt jamoasining asosiy tarkibida doimiy o'rin topa olmayapti, shuning uchun uning yozda jamoani tark etishi mumkin. Insider Nikolo Skira ma'lumotlariga ko'ra, hujumchining xizmatlari «Milan» va «Yuventus»ga taklif qilingan. Hozircha «rossoneri» va «b'yankoneri» bu bitimga qanchalik qiziqayotganligi aniq emas.

Gonsalu Ramos o'tgan mavsumda «PSJ» safida 45 o'yinda 12 gol urdi va 2 golli uzatmani amalga oshirdi. 24 yoshli futbolchining bozor qiymati Transfermarkt portalida 30 million evroga baholangan.