«Yuventus» bosh murabbiyi Luciano Spalletti Seriya Ada «Kalyari» bilan (1:1) bo'lgan durang o'yinidan so'ng fikr bildirdi. O'yin tugagach, Spalletti va «Kalyari» bosh murabbiyi Fabio Pizakane o'zaro tortishuv sababli qizil kartochka oldilar.
«Hech narsa bo'lmadi. Men unga ular yaxshi futbol o'ynayotganini va vaqtni cho'zishni bilishlarini aytdim. U nima demoqchiligimni so'radi, shundan keyin bizni ikkalamizni ham chiqarib yuborishdi. Hech narsa jiddiy emas, bu juda odatiy hol», - dedi Spalletti DAZN Italia bilan intervyusida.
Durang natijaga qaramay, murabbiy jamoaning o'yinidan mamnun va bunday darajada o'ynashsa, ko'p g'alabalar kutayotganini aytdi.
«Asosiysi - to'g'ri kayfiyat va psixologik barqarorlik. Men bugungi natijaga juda e'tibor bermayman. Mening deyarli 70 yoshim bor va men kareramni yuqori nuqtada tugatmoqchiman. Jamoa yaxshi o'ynadi, va o'yinchilarga buni aytish kerak. Agar ular har doim shunday o'ynasa, men ishonaman, biz yana ko'p g'alabalar qozonamiz», - dedi u.
«Yuventus» 11 ochko bilan turnir jadvalida oltinchi o'rinda turibdi.
