Yarim himoyachi Genrix Mxitaryan «Inter» klubida o'z faoliyatini Saudiya Arabistoni, Armaniston yoki MLSda davom ettirish imkoniyatini ko'rmayotganini ma'lum qildi. Bu haqda futbolchi arman televideniesiga bergan intervyusida aytib o'tdi.
«Men bunday imkoniyatni rad etaman, chunki pul hech qachon men uchun asosiy omil bo'lmagan. Men hech qachon pul uchun o'ynamaganman. Men klublarni o'zgartirdim va o'z ambitsiyalarim, maqsadlarim va bolalikda paydo bo'lgan orzularim uchun o'ynadim, bu orzular men bilan butun kareram davomida birga bo'ldi», - dedi Mxitaryan.
Joriy mavsumda 37 yoshli futbolchi 2 ta o'yinda qatnashdi va bitta sariq kartochka oldi. Uning shartnomasi 2027 yil yozida tugaydi.
