Argentinalik qanot o'yinchi Nikolas Gonsales Turinning Yuventus klubi bilan yangi shartnoma imzoladi, deb xabar bermoqda klubning matbuot xizmati.
«Qadimgi xonim» 28 yoshli yarim himoyachi bilan 2030 yilning iyun oyigacha mo'ljallangan uzoq muddatli mehnat shartnomasini imzoladi. Gonsales 2024 yildan beri «Yuventus»ning o'yinchisi hisoblanadi. 2025/2026 mavsumida Nikolas Madridning «Atletiko» klubida ijarada o'ynadi.
Hozirgi mavsumda Italiya chempionatida argentinalik o'yinchi to'rt uchrashuvda bitta gol urdi.
Besh turdan so'ng Seriya Ada Turin jamoasi o'n ball to'plab, turnir jadvalida yettinchi o'rinda turibdi.
