«Inter»ning bosh murabbiyi Kristian Kivu «Parma»ga qarshi o'yin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi. Shanba kuni bo'lib o'tadigan o'yin Italiya chempionatining oltinchi turida joy oladi.

Kivu, bu o'yin zaxira futbolchilari uchun o'zlarini ko'rsatish imkoniyati bo'ladimi, degan savolga javob berdi.

«Biz futbolchilar o'z milliy jamoalarida o'tkazgan daqiqalarini e'tiborsiz qoldira olmaymiz. Ularning salomatligiga xavf tug'dirmoqchi emasmiz, lekin biz har uch kunda o'ynashga odatlangan futbolchilar bilan ishlayapmiz. Ular mashg'ulot o'tkazishni emas, balki o'ynashni afzal ko'rishadi», - dedi murabbiy.

«Inter» 13 ochko bilan ikkinchi o'rinda, «Parma» esa 4 ochko bilan o'n beshinchi o'rinda turibdi.