Yarim himoyachi Niko Gonsales Turinning «Yuventus» klubi bilan yangi mehnat shartnomasi bo'yicha kelishuvga yaqin. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlar orqali insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.

Tomonlar muvaffaqiyatli muzokaralar olib borib, 2030 yilgacha shartnomani tasdiqlashga kelishib oldilar. Shartnoma imzosi bu oy amalga oshishi kutilmoqda.

O'tgan yozda 28 yoshli argentinalik futbolchi Madridning «Atletiko» klubidan «qadimgi sinyora»ga qaytgan edi. U «matraschilar» safida ijarada o'ynagan.

Gonsalesning «Yuventus» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilda tugaydi.

Joriy «Seriya A» musobaqasida argentinalik to'rt uchrashuvda bitta gol urdi.