Sesq Fabregas «Komo» murabbiyi sifatida Italiyaning Trento shahrida o‘tkazilgan Sport Festivalida ishtirok etdi va jurnalistlar Milan «Inter»iga rad etish sabablarini so‘radilar. U quyidagilarni aytdi.
«Men chuqur o‘ylash va tahlil qilishga moyil insonman. Men tushunaman: murabbiylik karerasini yakunlaganda, avvalo yutgan kuboklar muhim — bu to‘g‘ri. Lekin men uchun boshqasi muhimroq: biz Da Kunya taraqqiyoti haqida muhokama qildik — endi u terma jamoada, — va bu yutuqni men har qanday kubokdan yuqori baholayman. Buni men hech qanday kibr bilan aytmayapman: men bilardimki, ko‘plab yigitlar «Komo»ga aynan men uchun kelishdi», - deydi Fabregas fcinter1908.it saytida keltirilgan so‘zlariga ko‘ra.
Hozirda «Inter»ni Kristian Kivu boshqarmoqda.
