Italiyaning Napoli klubiga yaqinda o'tgan yosh futbolchi Konstantino Favazuli, allaqachon maydondan chetlatildi. U Italiya U21 yoshlar terma jamoasi safida o'ynab, jarohat oldi va endi reabilitatsiya jarayoniga muhtoj.
«Yoshlar terma jamoalari o'rtasidagi Armeniya va Italiya o'yinida Konstantino Favazuli o'ng sonining to'g'ri mushagida ikkinchi darajali yirtilma jarohati oldi. Ertaga italiyalik futbolchi Napolining trening bazasida reabilitatsiya dasturiga kirishadi», - deya xabar bermoqda calcionapoli1926.it.
Qayd etish joizki, hozirda Napoli Seriya A turnir jadvalida faqat to'qqizinchi o'rinda turibdi.
