Madriddagi Real argentinalik yarimhimoyachi Nikolas Pasning kelajagini kelasi yozda hal qiladi. Bu haqda ichki manba Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda ma'lum qilgan.
«Qirolicha» klubi Komodan 80 million evro evaziga yarimhimoyachini qaytarib olish imkoniyatiga ega. Pas «suvli»larning o‘yin o‘rtasiga kreativlik qo‘shishi kutilmoqda.
Nikolas 2024 yil avgustidan buyon Komoda o‘ynaydi. Yarimhimoyachi va Seriya A klubi o‘rtasidagi mehnat shartnomasi 2028 yil iyun oyining oxirida tugaydi.
Hozirgi mavsumda Italiya chempionatida Pas beshta o‘yinda qatnashib, bir gol urdi va bir golli uzatmani amalga oshirdi.
