Himoyachi Davi A laba «Udineze» jamoasiga o‘tdi. Bu haqda italiyalik klubning rasmiy saytida ma'lum qilindi.
Avstriyalik futbolchi 2027 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.
- Men kareram davomida ko‘p narsalarga erishdim, lekin bir narsa o‘zgarmadi: men yana g‘alaba qozonishni xohlayman. Men hali ham ambitsiyali va Seriya Ada eng yuqori darajada o‘ynashni xohlayman, - dedi futbolchi shartnoma imzolangandan so‘ng.
A laba «Udineze» ga Madridning «Real»idan o‘tdi. U avvalgi yillarda Myunxenning «Bavariya» jamoasida o‘ynagan.
«Udineze» joriy mavsumda Seriya Ada besh turda to‘rt ochko to‘plab, jadvalda 13-o‘rinda bormoqda.
