«Renna» hujumchisi Esteban Lepol bir nechta evropalik top-klublarning e'tiborini jalb qildi. Bunga ijtimoiy tarmoqlar orqali insayder Ekrem Konur xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, 26 yoshli futbolchi uchun kurashda «PSJ», Madridning «Atletiko», Milanning «Inter» va Lissabondagi Benfika ishtirok etadi. «Renna» esa hujumchini 50-60 million evro evaziga sotmoqchi.

Hozirgi mavsumda Fransiya chempionatida Lepol beshta uchrashuv o'tkazib, uchta gol urdi.

Hujumchining «Renna» bilan mehnat shartnomasi 2030 yilning iyun oyigacha amal qiladi.