Italiyaning «Roma» jamoasining sobiq yarim himoyachisi Francesko Totti professional futbolga qaytish imkoniyatini ko'rib chiqdi. Bu haqda afsonaviy italiyalik o'zining yangi kitobi «Oltre»da ma'lum qildi.

«48 yoshimda men «Djenoa» va «Komo»ga rad javobini berdim. Mening tanam qaytishga tayyor edi, lekin bir savolga javob berishim kerak edi: «Men «Roma»ga qarshi o'ynashga tayyormi?» Ichimda javob aniq edi, shuning uchun rad etdim», — deb yozadi Totti avtobiografiyasida.

Francesko Totti butun karerasini «Roma»da o'tkazdi. U rimliklar safida 1993 yildan 2017 yilgacha o'ynadi. Shu vaqt ichida u 785 o'yinda qatnashdi, 307 gol urdi va 205 golli uzatma berdi.