Italiya chempionatida 27-tur o'yinlari bo'lib o'tdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Hozirgi amaldagi chempion “Napoli” jamoasi “Verona”ga qarshi bahsda so'nggi daqiqalarda g'alabani qo'lga kiritdi. Bu golni zaxiradan maydonga tushgan Romelu Lukaku urdi.

Belgiyalik hujumchi uchun bu gol 281 kun ichida kiritgan birinchi uchrashi bo'ldi. Eslatib o'tamizki, joriy mavsumda olgan jarohati sabab uzoq vaqt maydonga tusha olmagan edi.

Lukaku avvalgi marta 2025-yilning 23-may kuni “Kalyari”ga qarshi o'yinda gol urgan edi. Belgiyalik futbolchi uchun bunday uzun tanaffus uning faoliyatidagi eng uzoq vaqt bo’ldi.

Bu holat uning professional karerasida birinchi marta kuzatilmoqda. Ushbu g'alaba “Napoli”ga turnir jadvalida o'z pozitsiyasini mustahkamlash imkonini berdi, shuningdek Lukaku uchun muhim psixologik omil bo’ldi.

Hujumchining jarohatdan qaytishi va darvozani nishonga olishi jamoadoshlariga ham katta quvonch bag'ishladi.