Italiyaning «Lechche» klubi himoyachisi T'yagu Gabriel yangi shartnoma imzoladi. Bu haqda insayder Fabrizio Romano shaxsiy ijtimoiy tarmog'ida ma'lum qildi. Gabrielning «sariq-qizil»lar bilan yangi kelishuvi 2030 yilgacha mo'ljallangan.
Gabriel – 21 yoshli portugaliyalik markaziy himoyachi, Lissabonning «Sporting» va «Vitoria Setubal» jamoalarida o'sgan. 2023-2025 yillarda o'z vatanida «Eshtralu» jamoasida o'ynagan, 2025 yilda esa Seriya A ga ko'chib o'tib, hozirda «Lechche» safida o'ynamoqda.
2026 yilning qishida Gabrielga evropaning ikki yirik klubi – «Barselona» va «Bavariya» qiziqish bildirgani haqida xabarlar tarqaldi. O'tgan yozda esa futbolchini evropaning kichikroq klublari bilan, ya'ni «Milan» va «Fulhem» bilan bog'lashdi.
