Madridning Atletiko rahbariyati hujumchi Xulian Alvaresning transferi uchun to‘lovni ma’lum shartlar bajarilganda kamaytirishga va’da berdi. Bu haqda Footmercato xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, Alvares mavsumda kamida 20 ta gol urishi kerak. Hozirda uning to‘lov miqdori 500 million evroni tashkil etadi. Qancha kamaytirilishi haqida aniq ma’lumot berilmagan.

El Chiringuito dasturining jurnalistlari Xota Xordi va Xose Alvares 20 gol shartini tasdiqlamadi, ammo shuni ham aytishdiki, «Atletiko»ning hujumchini sotish borasidagi pozitsiyasi o‘zgargan.

Bu o‘zgarish transfer oynasi yopilgandan so‘ng Alvares va klub o‘rtasidagi munosabatlarda bir necha qiyin haftalardan so‘ng yuz berdi. Asta-sekin vaziyat yaxshilanmoqda, klub argentinalikning mashg‘ulotlarga bo‘lgan munosabatini va «Liverpul»ga qarshi «Enfild»dagi o‘yindagi chiqishini yuqori baholadi.