«Atletiko» Madridning bosh murabbiyi Diego Simeone tanqidlarga javob berdi.
«Biz ba'zi odamlarning salbiy fikrlariga o'rganganmiz, lekin bu o'sish jarayonining bir qismidir, shuning uchun biz buni kutib olamiz. Biz hali ham yangi jamoa qurmoqdamiz, chunki beshta futbolchi ketdi va shuncha futbolchi keldi. Biz yaxshilanishda davom etyapmiz, lekin vaqt kerak, garchi futbol olamida hech kim buni bermasa», — deya Simeonenning so'zlarini keltiradi Atletico Universe.
Oldinroq «Atletiko» ketma-ket ikki mag'lubiyatga uchragan — «Atletik» (0:3) va «Liverpul» (1:2)dan, lekin keyin «Real Sosiadad»ni (3:0) mag'lub etdi.
Besh turdan so'ng «matraschilar» La Liga turnir jadvalida beshinchi o'rinda turibdi va 10 ochko to'plagan. 16 sentyabrda Simeonenning jamoasi «Osasuna»ni qabul qiladi.
