Thibo Kurtua «Real» bilan yangi shartnoma imzolashga juda yaqin. The Touchline xabariga ko'ra, shartnomani uzaytirish uchun tomonlarga faqat bir necha tafsilotlarni kelishish qolgan.

«Real»da Kurtuaning o'yinidan mamnunlar va belgiyalik darvozabon yangi shartnomani haqlagan deb hisoblashadi.

Shuni ta'kidlash joizki, Thibo Kurtuaning amaldagi shartnomasi 2026/2027 yilgi mavsum oxirigacha davom etadi. U «Real» safida 339 ta o'yin o'tkazib, 330 ta gol o'z darvozasiga kiritgan.

«Real» shanba kuni «Rayo Valyekano»ni 4:1 hisobida mag'lub etdi. Endi Jozef Mourinyo boshqaruvidagi jamoa «Elche»ga qarshi safar o'yiniga tayyorgarlik ko'radi.