Madriddagi Realning bosh murabbiyi Jozef Mourinyo jamoasining o'yinidan qanchalik mamnun ekanligini aytdi.
Shanba kuni Rayo Valyekanoni o'z maydonida La Liga doirasida (4:1) mag'lub etishdi. O'yindan keyingi matbuot anjumanida portugaliyalik murabbiyga, nega ba'zan zaxira o'yinchilari o'rindig'ida g'azablangan va tashvishli ko'rinishda bo'lganligi haqida savol berildi.
«Men g'azabda emasman, men mamnunman. Lekin biz birga faqat bir necha haftadir ishlayapmiz. Mukammal jamoani uch kunda yoki uch oyda qurib bo'lmaydi – ba'zan uch yilda ham. Men ko'p ijobiy tomonlarni ko'ryapman. Biz har bir qadamda rivojlanishga harakat qilmoqdamiz», – deydi Mourinyo, Madrid Zone'ga ko'ra.
Real beshta turdan so'ng 12 ochko to'pladi Ispaniya chempionatida.
