Braziliyalik hujumchi Rafinyo Dias «Barselona» bilan ish shartnomasini uzaytirishi mumkin. Bu haqda Barca Universal boshqa manbalarga tayanib xabar bermoqda.

Xabarlarga ko'ra, «ko'k-qizillar» Rafinyo bilan yangi shartnoma ustida ishlamoqda. Tomonlar muzokaralar olib bormoqda. Hujumchi hatto Saudiya Arabistonidan kelgan qimmatbaho takliflardan voz kechgan, klubda qolishni xohlaydi.

Hozirgi mavsumda Rafinyo markaziy hujumchi sifatida o'ynamoqda. Uning hisobida barcha musobaqalarda beshta uchrashuvda sakkiz gol va bir assist mavjud.

29 yoshli braziliyalikning «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning iyun oyigacha davom etadi.