Hujumchi Kilian Mbappe Madridning «Real» va «PSJ»dagi kiyinish xonasi haqida fikr bildirdi.
Fransuzga L'Equipe intervyusida qaysi jamoada ko'proq egoistlar borligi haqida savol berildi.
«Har qanday kiyinish xonasida bunday odamlar bo'ladi – yulduzlar bo'lmagan joylarda ham. Mening oxirgi mavsumimda «PSJ»da men bilan birga hech qanday yulduz yo'q edi. Usmon Dembele haqiqiy yulduzga keyinchalik aylandi.
Odamlar doimo egoizmni yulduzlik bilan bog'laydi, lekin men juda katta ego bilan o'ynaydigan futbolchilarni ko'rdim, ularga hech kim hatto imzo yoki surat so'ramagan. Ko'p odamlar egoist – bu faqat futbolga xos emas, har qanday sohada bo'lishi mumkin. Ular ofislarda o'tirishlari mumkin – biz shunchaki ularni ko'rmaymiz», – dedi 27 yoshli hujumchi.
Kilian Mbappe 2017 yildan 2024 yilgacha «PSJ»da o'ynadi, so'ngra erkin agent sifatida «Real»ga o'tdi. Qiziq, u o'zini hujumning lideri sifatida egoist deb hisoblamaydi deydi.
