«Sevilya»ning bosh murabbiyi Garciya Plasa «Valensiya»ga qarshi o'yin tugagach izoh berdi. Sevilyaliklar Ispaniya chempionatining beshinchi turida 1:0 hisobida g'alaba qozondilar.
«Biz taxminan yarim soat davomida juda yuqori darajada o'ynadik. Ularning maydon o'rtasiga o'tishiga yo'l qo'ymadik. Hujumda aniq fikr yurita olmadik. Jamoa umumiy jihatdan juda yuqori darajada edi. Men uch ochko uchun kurashayotgan o'yinchilarning ruhiyatini alohida ta'kidlamoqchiman», - deydi mutaxassis Marca nashriga.
«Valensiya» katta klub, ular buni yengib o'tadilar», - qo'shimcha qildi Plasa.
Ushbu uchrashuvdan so'ng «Sevilya» 10 ochko bilan turnir jadvalida uchinchi o'rinda turibdi. «Valensiya» esa 1 ochko bilan oxirgi o'rinda joylashgan.
