Biz avval xabar berganimizdek, Sofyan Amrabat 30 yoshida milliy terma jamoaga boikot e'lon qildi - yangi murabbiy tayinlanguncha. Hozirda terma jamoani Muxamed Uahbi boshqaradi. Futbolchi o'z pozitsiyasini tushuntirdi.

«Men hozirgi bosh murabbiy ostida terma jamoada o'ynashni davom ettirishni mumkin deb hisoblamayman. U bu lavozimda turgan paytda, men tarkibga da'vogarlik qilmayman. Milliy jamoaga va unga aloqador barcha insonlarga hurmat sifatida, qarorimning sabablarini oshkor qilmaslikni afzal ko'raman», - deydi Amrabat derbyderbyderby.it saytiga bergan intervyusida.

Amrabat birinchi marta terma jamoada 2017 yilda o'ynagan.