«Barselona» va Ispaniya terma jamoasining qanot o'yinchisi Lamin Yamal matbuot anjumanida «Oltin to'p» uchun kurash haqida fikr bildirdi. 19 yoshli futbolchi nomzodlar ro'yxatiga kirdi.
«Men o'zimni reklama qilishim kerak deb o'ylamayman. Har kim o'z fikrini bildirish huquqiga ega. Men erishgan yutuqlarimdan faxrlanaman va bundan ortig'ini xohlamayman. Bu sizning ishingiz, men hech narsa so'ramayman» - dedi Yamal jurnalistlarga.
Goal portalida e'lon qilingan maqolada Lamin Yamalning bu so'zlari Kilian Mbappega nisbatan tanqid sifatida qabul qilingan. O'tgan kuni fransuz futbolchisi «Oltin to'p» ovoz berishda o'zini birinchi o'ringa qo'yishini aytgan. «Real» hujumchisi bu mukofotni olishga loyiq ekanligini ta'kidlagan.
