Ispan futbolining uchinchi darajadagi ligasida «Real Xaen» va «Ueska» o'rtasida qiziqarli uchrashuv bo'lib o'tdi.

Avvaliga jamoalar yigirma daqiqa ichida bir-biriga ikkita gol urishdi, so'ngra birinchi bo'limning oxirida «Real»dan Moha Keyta qoidalarni buzdi va ikkinchi sariq kartonni oldi, bu esa, ma'lumki, qizilga aylanishi mumkin. Kapitan Xavi Moyano hakam bilan gaplashib olish uchun yaqinlashdi, lekin hakam uning so'zlariga quloq solmadi va unga ham qizil karton berdi.

Shunday qilib, bir necha soniya ichida «Real Xaen» ikki o'yinchisini yo'qotdi, shuning uchun maydonda qolganlar nafaqat o'zlari, balki «o'sha bolalar» uchun ham kurashishlari kerak edi. Ular esa kurashib, bir ochko olishga muvaffaq bo'lishdi - «Ueska» bunday imkoniyatdan foydalanishga muvaffaq bo'lmadi.