«Real» o'zining rasmiy saytida bayonot e'lon qildi. Madrid klubi Ispaniya yoki mamlakatning avtonom hududlari va shaharlarining bayroqlarini «Santiago Bernabeu»ga olib kirishni taqiqlash haqida tarqalgan mish-mishlarga javob berdi.
«Bu yolg'on. Klub qoidalari amaldagi qonunchilik talablariga mos keladi va albatta, bunday cheklovlarni nazarda tutmaydi. Biz har doim stadionga mamlakatimizning rasmiy bayroqlarini olib kirishga ruxsat berganmiz», - deyiladi e'lon qilingan matnda.
Shanba kuni «Santiago Bernabeu»da «Real» o'z uyida Chempionlar ligasi doirasida «Inter»ga qarshi o'yin o'tkazadi. O'yin Moskva vaqti bilan soat 22:00da boshlanadi.
