«Barselona» himoyachisi Jerar Martin kataloniyalik jamoaning yuqori himoya chizig'i uslubi haqida fikr bildirdi.

«Yuqori himoya chizig'ida o'ynash qiyin, chunki doimiy ravishda murakkab vaziyatlarga duch kelamiz. Lekin biz bu uslubda o'zimizni qulay his qilamiz. Faqat ba'zi detallarni to'g'rilashimiz kerak. Biz «Valensiya»ga bir necha kontreatak o'tkazishiga imkon berdik. Bizning uslubimiz to'liq diqqatni talab qiladi», — deya Martin so'zlarini keltiradi Barça Universal.

Ispaniya chempionatining to'rtinchi turida «Barselona» mehmonlikda «Valensiya»ni 5:0 hisobida mag'lub etdi. Gollar mualliflari — Lamin Yamal (het-trik), Rafinya Dias va Pedri.