Hans-Diter Flik «Barselona»ning La Ligadagi birinchi 80 o'yinida eng ko'p g'alaba qozonish bo'yicha rekord o'rnatdi.
Nemis mutaxassisi boshqaruvida «ko'k-qizillar» Ispaniya chempionatida 80 o'yinda 63 g'alaba qozonishdi – bu klub tarixidagi eng yaxshi ko'rsatkich, deb xabar bermoqda Actu Foot Stats. Flik reytingda Luis Enrike va Xosep Gvardiolani ortda qoldirdi, ularning boshqaruvida kataloniyaliklar mos ravishda 62 va 61 marta g'alaba qozongan.
Hans-Diter Flik 2024 yil yozida Xavi Ernandesni almashtirib, o'z lavozimini egalladi. 61 yoshli murabbiy bilan tuzilgan amaldagi shartnoma 2028 yilgacha mo'ljallangan.
Yakshanba kuni «Barselona» 4-turda Valensiyani (5:0) mag'lub etdi.
