«Barselona»ning bosh murabbiyi Hans-Diter Flik Fermin Lopez va Dani Olmo o'rtasidagi tanlov qiyinligi haqida savolga javob berdi.

O'tgan yakshanba kuni La Liga doirasida «Valensiya»ga qarshi o'yinda (5:0) asosiy tarkibda Fermin o'ynadi va bir gol urib, ikki assistentlik qildi. 75-daqiqada o'rniga tushgan Olmo ham ikki marta jamoa do'stlariga assistentlik qildi.

«Bizda asosiy tarkibga chiqish uchun ko'p o'yinchilar bor. Mening vazifam – o'yin vaqtini to'g'ri taqsimlash va hamma mamnun bo'lishini ta'minlash. Olmoning o'yinidan juda mamnunman va u ko'proq o'ynashni xohlaydi. Men jamoaning manfaatlari uchun eng yaxshi qarorlarni qabul qilishga harakat qilaman», – deydi Flikning so'zlarini Barca Universal keltirmoqda.

«Barselona» turnir jadvalida to'rt turdan so'ng 12 ochko bilan birinchi o'rinda turibdi.