«Real Sosedad» murabbiyi Pellegriino Matarazzo Arsen Zaharyanning jamoadagi holati haqida ma'lumot berdi.

- Zaharyan yaxshi yozgi tayyorgarlik o'tkazdi. U o'ziga berilgan har bir daqiqada yaxshi o'ynadi. Muhim jihat shundaki, har doim o'yin jarayoniga moslashish kerak: agar sen asosiy tarkibda bo'lmasang, maydonga tushishingga hech qanday kafolat yo'q. Bu kimning charchaganiga va qaysi o'yinchi kerakligiga bog'liq. Men ko'p marta uni zaxiradan tushirish uchun variant sifatida ko'rganman. Afsuski, uning uchun qarorlar juda qiyin bo'ldi. Arsen sabr qilish va o'z imkoniyatini kutish kerak, - deya ta'kidlagan murabbiy AS nashriga.

Zaharyan 2023-yil yozidan buyon «Real Sosedad»da o'ynaydi, u Moskvadagi «Dinamo»dan Ispaniyaga ko'chib o'tgan.