«Barselona» yarimhimoyachisi Dani Olmo «Atletiko» hujumchisi Julian Alvaresning katalon klubiga o'tishi amalga oshmaganligi haqida fikr bildirdi.

- Har kimning o'z orzusi bor. O'ylaymanki, Julian ham nima xohlayotganini aniq tushungan. U o'z orzisi uchun kurashdi, lekin nazorat qila olmaydigan tashqi sharoitlar mavjud, - deydi Olmo Mundo Deportivo'ga.

«Barselona» Alvaresga jiddiy qiziqish bildirgan va futbolchi bilan besh yillik shartnoma shartlarini kelishib olgan. Biroq, asosiy to'siq «Atletiko»ning pozitsiyasi bo'ldi, ular o'yinchini «Barselona»ga sotishga rozi bo'lmadi.

Biroq, madriddiklar argentinchini «Arsenal»ga yuborishga tayyor edi, lekin hujumchi bu variantdan voz kechdi.