«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik transfer oynasi yopilishidan oldin yangi imzolar kutish-kutmasligi haqida javob berdi.
Kataloniyaliklar Londonning Arsenal klubidan hujumchi Gabriel Jizusning transferi bo'yicha kelishuvga erishdilar. 29 yoshli braziliyalik Barselonaga kelib, yaqin orada shartnoma imzolashi kutilmoqda. OAV vakillari Flikdan boshqa yangi o'yinchilarni kutish kerakmi, deb so'rashdi.
«Boshqa o'yinchini imzolashimizni o'ylamayman», – dedi Flik matbuot anjumanida.
Dushanba kuni «sine-granatovye» o'z maydonida Rayo Valyekanoni 5:2
hisobida mag'lub etdi. O'yin tugagach, nemis murabbiyi Jizusning tez orada Barselonaga o'tishi haqida tasdiqladi.