«Real»ning bosh murabbiyi Jozef Mourinyo «Malaga» ustidan 4:0 hisobidagi g'alabadan so'ng natijalarni sharhladi. Ushbu uchrashuv Ispaniya chempionatining uchinchi turida o'tkazildi.

Ikkinchi taym haqida:

«Ikkinchi taymda biz o'yin nazoratiga ko'proq e'tibor berdik va sekinroq harakat qildik. «Malaga» o'zini tinch his qildi va to'pni egallash imkoniyatini ko'proq oldi, lekin har safar biz kuchayganimizda, yana 1 yoki 2 gol urishimiz mumkinligi hissi paydo bo'ldi. Biz uchun nolga o'ynash va yaxshi ishlash muhim edi. Har doim maksimal agressiya bilan hujum qilinmaydi — ba'zida raqib bizni himoya qilishga majbur qiladi va biz buni yaxshi bajarishimiz kerak. Bu muhim 3 ochko edi», - deya qayd etdi mutaxassis Marca nashriga.

Ko'p o'zgarishlar haqida:

«Bu mening maqsadim. Men o'yinchilarga ko'p o'zgarishlar qilishimni aytdim. Men qolganlar bilan bir xil yuqori darajaga ega bo'lgan futbolchilarni maydonga tushirishni xohlayman. Bu murabbiy tanlovi masalasi, kimningdir sifatlari ko'proq yoki kamroq ekanligi emas, chunki barchada sifat mavjud», - dedi u.

«Real» 9 ochko bilan Ispaniya chempionatida yetakchilik qilmoqda.